Mutal Burhonov

Mutal Burhonov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 5-may 1916-yil
Vafoti 15-iyun 2002-yil(2002-06-15)
(86 yoshda)
Buxoro, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi bastakor
Janr oʻzbek milliy musiqasi
klassik musiqa
opera
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi

Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov (1916-yil 5-may — 2002-yil 15-iyun) — bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Burhonov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini yozgan (1947, 1978 va 1992-yillardagi talqinlarini).[1] Shuningdek, qator kamer-vokal va kamer-cholgʻu asarlarini yozgan, bir necha opera va film, jumladan, „Maftuningman“ filmi musiqasini bastalagan. Oʻzbeklar orasida eng sevimli qoʻshiqlarga aylangan „Doʻppi tikdim“ va „Maftuningman“ qoʻshiqlari musiqasini bastalagan[manba kerak].

Burhonov Oʻzbekistonda koʻp ovozli xor hamda a kapella janri asoschilaridan biri hisoblanadi. Burhonov bir necha orden va medal, jumladan, „Shuhrat“ medali (1994), „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (1998) hamda „El-yurt hurmati“ ordeni (2001) bilan taqdirlangan. Bastakor oila qurmagan va kamtarona hayot kechirgan.[2]

  1. "Burhonov Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 2006. 
  2. Levin, Theodore. The Hundred Thousand Fools of God, The Music of Central Asia (and Queens, New York)]], 2-nashr (inglizcha), Bloomington: Indiana University Press, 1999 — 22-29 bet. ISBN 025321310X. 

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy